Telegram
Telegram Channel Link
University of Business and Science Telegram Channel Link
👁
2
views
↗
0
joins
About this telegram channel link
"University of Business and Science" nodavlat oliy taʼlim muassasasining rasmiy telegram kanali Onlayn murojaatlar uchun bot: @ubsuzbekistan_bot Murojaat uchun: +998555202626
Telegram Channel
Latest public posts from this Telegram channel.
101
subscribers
14 Oct 2026
latest post
👍👍👍👍#tayinlov University of Business and Science’da yangi tayinlov📌 Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Mahmudov Mansurjon Abdug‘opporovich University of Business and Science oliygohining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.Ma’lumot uchun, Mansurjon Mahmudov shu vaqtga qadar universitetning Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan.👏 UBS jamoasi Mansurjon Abdug‘opporovichni yangi mas’uliyatli lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaydi!🏛 UBS bilan ilmga yo‘l oching!Rasmiy sahifalarimiz: 😊Telegram |😊Instagram |😊Linkedin😊Facebook |😊YouTube |😊ubsu.uz
Kecha, bugun, ertaga: UBS qanchalik o‘zgardi?Talimxabarlari.uz jamoasi universitetning bugungi faoliyati, ta’lim sifati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishdi.Batafsil: https://talimxabarlari.uz/81128/🎓 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
😴 Kuniga necha soat uxlaysiz?Sessiya yaqinlashganda yoki topshiriqlar ko‘payganda, odatda birinchi bo‘lib uyqudan voz kechamiz. Lekin bu usul aslida o‘zimizga qarshi ishlaydi. Olimlarning ta’kidlashicha, surunkali uyqusizlik miya hajmini kichraytiradi. Oqibatda xotira pasayadi, diqqat bo‘linadi va yangi ma’lumotlarni eslab qolish qiyinlashadi.🧠 Shu sababli, xotira yaxshi ishlashi uchun quyidagi 3 qoidaga amal qiling:— 7.5 soat uxlang: Miya har 1.5 soatda bitta uyqu siklini yakunlaydi. 6 yoki 7.5 soat uxlash tetiklik beradi.— 20 daqiqa mizg‘ib oling: Kunning o‘rtasidagi qisqa uyqu miyani qayta tetiklashtiradi.— 22:00 – 02:00 oralig‘i: Bu vaqt xotira tiklanishi uchun eng muhim soatlardir. ❓Siz odatda kuniga necha soat uxlaysiz?Rasmiy sahifalarimiz: 😊Telegram |😊Instagram |😊Linkedin😊Facebook |😊YouTube |😊ubsu.uz
⚖️ Yoshlar huquqi Konstitutsiya sahifalari bilan cheklanmaydiUniversity of Business and Scienceda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ishtirokida “Yoshlarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish kafolatlari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.🖋 Inson huquqlari shunchaki qonun hujjatlarida belgilangan normalar emas, balki kundalik hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan real kafolatlardir. Ammo o‘z huquqlaridan foydalana olish, avvalo, ularni bilib, anglashdan boshlanadi.👍 UBS bilan ilmga yo‘l oching!UBS Namangan rasmiy sahifalari:😊Telegram | 😊Instagram |😊ubsu.uz
UBS MedTalk || 1-son🤩 Tish og‘riganda darhol nima qilish kerak?A) Yotib olishB) Issiq kompress bosishC) Ekspertimiz aytgan oddiy, lekin 90% odam bilmaydigan usulga amal qilish💙 To‘g‘ri javob va birinchi yordamni — UBS universiteti o‘qituvchisi va tajribali stomatolog-ekspertdan videoda bilib oling!💙Videoni tishi ogʻriyotgan yaqiningizga yuborib qoʻyishni unutmang.Rasmiy sahifalarimiz: 😊Telegram |😊Instagram |😊Linkedin😊Facebook |😊YouTube |😊ubsu.uz
🧠🧠🧠🧠🧠UBS ustozlari “Zakovat” respublika bosqichida!Bugun, 11-oktyabr kuni University of Business and Science professor-o‘qituvchilari “Zakovat” intellektual musobaqasining o‘qituvchilar o‘rtasidagi respublika bosqichida ishtirok etmoqda.🏆 Respublikaning barcha hududlaridan jami 42 ta jamoa qatnashayotgan musobaqa 4 turda, jami 48 ta savol asosida o‘tkaziladi.🎉Ustozlarimizga omad, yuqori natijalar va yorqin g‘alabalar tilaymiz!Rasmiy sahifalarimiz: 😊Telegram |😊Instagram |😊Linkedin😊Facebook |😊YouTube |😊ubsu.uz
🗣🗣🗣🗣🗣UBS rektori Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi🤝 University of Business and Science rektori Dilshodjon Xolmatov Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildi.Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim va ilm-fan sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish hamda istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.📃 Mazkur tashrif oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va kelgusidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni o‘rganishda muhim qadam bo‘ldi.Rasmiy sahifalarimiz: 😊Telegram |😊Instagram |😊Linkedin😊Facebook |😊YouTube |😊ubsu.uz
🤍 10-oktyabr — Butunjahon ruhiy salomatlik kuni.Tadqiqotlarga ko‘ra, miya jismoniy og‘riq bilan ruhiy og‘riqni bir xil qabul qiladi. Aynan shu sababli tibbiyot va psixologiya uzviy bog‘liq: shifokorlar tanaga shifo bersa, psixologlar ruhni davolaydi.🫶 Boshqalar salomatligini o‘ylaydigan bo‘lajak mutaxassislar, bugun o‘z ruhiy holatingizga ham e’tibor bering. Boshqalarga yordam berish — avvalo o‘zingizdan boshlanadi!Rasmiy sahifalarimiz: 😊Telegram |😊Instagram |😊Linkedin😊Facebook |😊YouTube |😊ubsu.uz
Telegram Channel Link information
Category
Business, Advertising & Marketing
Country
🇮🇳 India
Language
English
Type
Telegram Channel Link
Subscribers
101