Home › Groups › VirtualDars
VirtualDars Telegram
Telegram Channel Link

VirtualDars Telegram Channel Link

★★★★★ 0.0 (0 ratings)
👁 3 views ↗ 0 joins
🌐 International 🌐 English # Science & Technology
About this telegram channel link
Eng oson dasturlash darslari. C#, SQL, .Net Core, Web API, JavaScript, Angular, REST, SOAP, Full Stack, SOLID, Data structures, Design Patterns, Git... Admin bilan bog'lanish: dfarkhod@gmail.com
Telegram Channel

Latest public posts from this Telegram channel.

396 subscribers
13 Oct 2026 latest post
Click to fetch the latest posts directly from Telegram.
Telegram post media Mana O‘zbekistonga qaytganimga ham bir oydan oshdi. Lekin shu vaqt ichida qurilish sohasi bilan bog‘liq ayrim voqealarni ko‘rib ichim juda ezildi. Ko’p odamlar yillab topgan pullarini “yangi uy olaman” deb quruvchilarning qo’liga beryapti. Oqibatda esa… noqonuniy qurilishlar, chalala qolib ketgan uylar, pulni olib qochib ketgan ‘insofsiz quruvchilar’ va sarson bo’lib, adolat qidirib yurgan yuzlab oilalar ham pulsiz, ham uysiz qolib ketyapti.
Menimcha, bu muammoni faqat “firibgarlardan ehtiyot bo‘ling” deb hal qilib bo‘lmaydi.
Bu kabi fojialarning oldini olish uchun Islomiy moliyalashtirishdagi Istisna, aniqrog‘i Parallel Istisna juda qiziqarli yechim bo‘lishi mumkin. Bu shunchaki diniy masala emas. Bu — qurilishdagi riskni kim ko‘tarishi, pul qachon berilishi va qurilish kim tomonidan nazorat qilinishi haqidagi moliyaviy model...

https://medium.com/@dfarkhod/qurilishdagi-firibgarliklarga-yechim-parallel-istisna-shartnomasi-89e3c001851c?sharedUserId=dfarkhod
Telegram post media 15 Yildan Soʻng Toshkent: Malayziyadan Qaytgan Musofir Kuzatishlari

Kuala-Lumpurning doimiy yashil iqlimi, zamonaviy osmon oʻpar binolari hamda oʻziga xos osiyocha madaniyatida roppa-rosa 15 yil yashadim. Shu yillar davomida menda muayyan turmush standartlari va bu yerga xos odatlar shakllanib qoldi. Va mana, 1 oy muqaddam vatanim O’zbekistonga, tugʻilib oʻsgan shahrim — Toshkentga qaytdim.
Toshkent — mening uyim, lekin 15 yillik ayriliqdan soʻng unga biroz boshqacha, tashqi kuzatuvchi koʻzi bilan qaradim. Bir oy davomida boshimdan kechirgan kuzatishlarim, “madaniy shok”lar va oʻylarim bilan boʻlishgim keldi...

Davomi...
Telegram post media Avvallari odamlarda taqqoslash doirasi ancha kichik edi — odamlar o’zini qo’shnisi, qarindoshi, do’sti yoki hamkasbi bilan solishtirar edi. Ya’ni, insonning havas qiladigan odamlari sanoqli edi. Endi esa har kuni yuzlab, hatto minglab odamlarning muvaffaqiyati, sayohati, yangi mashinasi va hashamatli hayotini ko’ramiz. Shu sababli ko’p xaridlarimiz ko’pincha ehtiyojdan emas, balki taqqoslash va havas sababli bo’ladi...
https://medium.com/@dfarkhod/har-bir-xarid-ortidagi-savol-nafsmi-yoki-ehtiyoj-aad89e99b7e1?sharedUserId=dfarkhod
Telegram post media Chap tomonda — yoshligidan sport bilan shugʻullanib, harakatda boʻlgan odamning mushaklari.
Xatto 70 yoshda ham xuddi 30 yoshgidek baquvvat va goʻshtdor! 🔥
Oʻng tomonda esa badani ustida ishlashni tashlab qoʻygan odamniki.
Mushaklarni oʻrnini yogʻ bosib ketgan, ichi gʻalvir boʻlib qolgan. 🤦‍♂️

Yosh oʻtyapti deb badanni tashlab qoʻymang. Turnik, tosh yoki yugurish bilan boʻlsa ham har kuni shugʻullanib turing!
Mushaklarni saqlab qolishning yagona yoʻli bu ularni ishlatish
💪✅
Telegram post media Ko’p dasturchilar dastlab tarmoqni go’yoki “sehrli quvur” deb tasavvur qilishadi. So’rov yuborasiz, javob keladi vassalom. APIni chaqirasiz va natija qaytadi. Ammo hayotda internet tarmog’i bundan ancha murakkab.

Internet — bu millionlab routerlar, switchlar, optik tolalar, sun’iy yo’ldoshlar va turli operatorlar orqali bog’langan ulkan, tartibsiz tizim. Bu tizimda paketlar kechikadi, takrorlanadi, noto’g’ri tartibda keladi va ba’zan umuman manzilga yetib bormay yo’qolib qoladi...

https://medium.com/@dfarkhod/tarmoqdagi-muammolar-va-ularning-yechimlari-40d8b8e0695b
Telegram post media Biz arxitektorlar va muhandislar murakkab microservices, cloud infrastructure, event-driven architecture va high-load tizimlar bilan ishlaymiz. Minglab, balki millionlab foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadigan platformalarni quramiz, fault tolerance, high availability, horizontal scaling va zero-downtime deployment kabi muammolarni hal qilamiz.
Ammo bir savol tug‘iladi: dunyodagi eng murakkab, eng ixcham va milliardlab yillar davomida deyarli uzluksiz ishlayotgan tizim qayerda? Javob bizning har bir hujayramiz ichida joylashgan...

https://medium.com/@dfarkhod/dnk-koinotdagi-eng-mukammal-distributed-enterprise-tizimi-ad92eb72c58e
🔥 Olovni bitta "klik"da yoqqan - SI IDE (Cursor, OpenCode, Codex) yordamida kod yozayotgan dasturchi.
🪵 Olovni soatlab qo'llari bilan yoqqan - kodni oʻz qoʻllari bilan yozadigan dasturchi.
Telegram Channel Link information
Country 🌐 International
Language English
Type Telegram Channel Link
Subscribers 396
Rate this group

How would you rate this community?

0.0 ★ Join Group →