Home › Groups › My Life Planner | Husan Mamasaidov
My Life Planner | Husan Mamasaidov Telegram
Telegram Channel Link

My Life Planner | Husan Mamasaidov Telegram Channel Link

★★★★★ 0.0 (0 ratings)
👁 1 views ↗ 0 joins
🌐 International 🌐 English # General
About this telegram channel link
✅ "My Life Planner" dasturimizga roʻyxatdan oʻtish uchun: @husanmamasaidovtolovbot ☎️ Call center raqami: +998555192288
Telegram Channel

Latest public posts from this Telegram channel.

130 subscribers
29 Oct 2026 latest post
Click to fetch the latest posts directly from Telegram.
Telegram post media 🔴 Biznesda xodimlar bilan ishlashda ko‘pchilik e’tibor bermaydigan 12 ta omil

📌 Kuchli jamoani qurish qiyin, uni uzoq muddat saqlab qolish esa undan ham qiyin. Buning uchun rahbar nafaqat natijaga, balki jamoa ichidagi jarayonlarga ham e'tibor berishi kerak.

(4- yakuniy qism)

10-OMIL: MAS'ULIYAT BERISH
Ko‘pchilik rahbarlar barcha muhim qarorlarni o‘zi qabul qilishga odatlanadi. Natijada xodim faqat topshiriq bajaruvchiga aylanadi.

Mas'uliyat berilgan xodim esa qaror qabul qilishni, muammoni hal qilishni va natija uchun javob berishni o‘rganadi.

📌 Mas'uliyat berilgan xodim kompaniya uchun ko‘proq qiymat yaratadi.

11-OMIL: OCHIQ MULOQOT
Rahbar va xodim o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lmasa, kichik muammolar vaqt o'tishi bilan katta muammoga aylanadi.

Xodim o‘z fikrini bemalol ayta oladigan muhitda ishonch ham, samaradorlik ham yuqori bo‘ladi.

📌 Ochiq muloqot kuchli jamoaning asosiy belgilaridan biridir.

12-OMIL: NAMUNA BO‘LA OLISH
Xodimlar rahbarning gapidan ko‘ra, uning amallariga ko‘proq ergashadi.

Agar rahbar intizomli, mas'uliyatli va so‘zida tursa, jamoa ham shunga intiladi.

📌 Rahbarning shaxsiy namunasi — har qanday qoidadan kuchliroq ta'sir qiladi.


⚠️ Xulosa: Kuchli rahbar nazorat qiladigan emas, mas'uliyat beradigan, tinglaydigan va o‘zi namuna bo‘ladigan rahbardir. Aynan shunday yondashuv kuchli va sodiq jamoani shakllantiradi.

@husan_mamasaidov_rasmiy1
Telegram post media 🔴 Biznesda xodimlar bilan ishlashda ko‘pchilik e’tibor bermaydigan 12 ta omil

📌 Kuchli jamoa faqat yaxshi mutaxassislarni yig‘ish bilan shakllanmaydi. Ularni bir maqsad atrofida birlashtirish va to‘g‘ri boshqarish ham rahbarning eng muhim vazifasi

(3-qism)

7-OMIL: ANIQ MAQSAD
Xodim faqat vazifani emas, nima uchun shu ishni qilayotganini ham tushunishi kerak.

Kompaniyaning maqsadini anglagan xodim oddiy topshiriq bajaruvchi emas, natija uchun harakat qiluvchi insonga aylanadi.

📌 Maqsadi aniq jamoaning natijasi ham aniq bo‘ladi.

8-OMIL: MUNTAZAM FIKR-MULOHAZA (FEEDBACK)
Ko‘pchilik rahbarlar xatoni faqat muammo chiqqanda aytadi.

Aslida esa xodim o‘z ishi haqida muntazam fikr-mulohaza olib tursa, kamchiliklarini tezroq to‘g‘rilaydi va kuchli tomonlarini yanada rivojlantiradi.

📌 Vaqtida berilgan feedback xatolarni emas, natijani ko‘paytiradi.

9-OMIL: JAMOA MUHITI
Kuchli mutaxassislar ham nosog‘lom muhitda uzoq ishlay olmaydi.

Hurmat, hamjihatlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash mavjud bo‘lgan jamoada unumdorlik ancha yuqori bo‘ladi.

📌 Muhit xodimning kayfiyatini, kayfiyat esa natijani belgilaydi.

⚠️ Xulosa: Maqsadi aniq, doimiy fikr-mulohaza oladigan va sog‘lom muhitda ishlaydigan jamoa har qanday biznesning eng katta ustunligiga aylanadi!

@husan_mamasaidov_rasmiy1
🔴 Navbatdagi vaʼda qilingan materiallarni qabul qilib oling!

📌 Hayrli kech doʻstlar, salomatmisizlar? Yaqinda sizlarga havola qilgan videomiz 2 kunda 40 000 dan oshiq koʻrishlarga ega boʻldi 🔥

Haqiqatdan "Pulni orttira olmaslik" muammosi koʻpchilikni tanish ekaniga guvoh boʻldik. Video havolasi:

🔗 https://youtu.be/QzbGsbW_2Ak
🔗 https://youtu.be/QzbGsbW_2Ak

Yuqorida darsda vaʼda qilingan materiallarimizni yubordik. Albatta foydalaning ✔️

@husan_mamasaidov_rasmiy1
Telegram post media 🔴 Biznesda xodimlar bilan ishlashda ko‘pchilik e’tibor bermaydigan 12 ta omil

📌 Ko‘plab rahbarlar xodimlar ketayotganining yoki natija bermayotganining sababini noto‘g‘ri joydan qidiradi. Aslida esa muammo ko‘pincha boshqaruvdagi kichik, lekin muhim omillarda bo‘ladi

Bugun shu omillarning navbatdagi 3 tasi haqida gaplashamiz:

(2-qism)

4-OMIL: ISHONCH
Ko‘pchilik rahbarlar xodimni nazorat qilish orqali natija olishga harakat qiladi. Lekin haddan tashqari nazorat xodimning mas'uliyatini emas, tashabbusini o‘ldiradi.

Ishonch bildirilgan xodim o‘z vazifasiga boshqacha yondashadi va natija uchun javobgarlikni his qiladi.

📌 Ishonch bo‘lmagan joyda xodim ishlaydi, ishonch bo‘lgan joyda esa natija yaratadi.

5-OMIL: RIVOJLANISH IMKONIYATI
Har bir xodim o‘sishni xohlaydi.
Agar u bugungi holatidan 1 yil keyin ham o‘zgarmasligini his qilsa, motivatsiyasi pasayishni boshlaydi.

Yangi bilimlar, treninglar va o‘sish imkoniyatlari xodimni kompaniyada uzoqroq ushlab turadi.

📌 O‘sishni ko‘rgan xodim ketish haqida kamroq o‘ylaydi.

6-OMIL: FIKRINI TINGLASH
Ba'zi rahbarlar barcha yaxshi g‘oyalar faqat o‘zidan chiqadi deb hisoblaydi.
Aslida esa muammoga eng yaqin turgan inson ko‘pincha eng yaxshi yechimni ham biladi.
Xodimlarning fikrini tinglash nafaqat yangi g‘oyalar beradi, balki ularda qadrlanish hissini ham uyg‘otadi.

📌 Tinglangan xodim kompaniyaning oddiy ishchisi emas, o‘zini jamoaning bir qismi deb his qiladi.


⚠️ Xulosa: Xodimlarga ishonch bildirish, ularning rivojlanishiga yordam berish va fikrlarini tinglash kuchli jamoa qurishning muhim poydevorlaridan biridir!

@husan_mamasaidov_rasmiy1
🔴 PREMYERA! 🔴

Hayrli kech, doʻstlar! Vaʼda qilingan video darsligimiz tayyor!

📌 Oramizda: Pul topishga topadi, lekin yigʻa olmaydigan doʻstlarimiz koʻp ekan. Ushbu video orqali bu muammoga yechim olasiz nasib qilsa ✔️

Pul topib, lekin yigʻa olmasligimizni asosiy 5 ta sababi va unga yechim sizlarga ham qiziqmi?

Unda marhamat! You Tube sahifamizda darslikni tomosha qiling. Yuqoridagi instrumentlarimizdan toʻgʻri foydalanishni shu darslik orqali bilib olasiz 📈


🔗 Yaqinlaringizga ham videoni ulashib qoʻying...

Havola ustiga bosing👇
https://youtu.be/QzbGsbW_2Ak
https://youtu.be/QzbGsbW_2Ak
https://youtu.be/QzbGsbW_2Ak
Telegram post media 🔴 Moliyaviy reja va maqsadlar

Bu PDF materiallimiz orqali kelgusidagi moliyaviy maqsadlaringizni va rejalaringizni yozib borishingiz mumkin ✔️

17:00 da You Tube sahifamizda PREMYERA boʻladigan darsligimizda batafsil bilib olasiz 🙌


Yaqinlaringizga ham ulashib qoʻying 🤝

@husan_mamasaidov_rasmiy1
Telegram post media Topgan pulimiz nimaga yetmayapti?

Sizlarga videolarimizda vaʼda qilingan "My Life Planner" dasturimizni sara PDF materiallarini yuboryapmiz. Albatta foydalaning ✔️

Rasmda moliyaviy holatimizni ifodalovchi 3 ta ssenariyni koʻrishingiz mumkin 👆


🌐 Bugun 17:00 da You Tube sahifamizda yangi darslikni PREMYERASI boʻladi.

Darslik orqali bu materiallarimizdan qanday foydalanishni oʻrganasizlar nasib qilsa 🤲

@husan_mamasaidov_rasmiy1
Telegram post media Yoşlarda tadbirkorlik va yetakçilik könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan mahorat darsi ötkazildi

🔵Muloqot davomida Husan Mamasaidov özining köp yillik tadbirkorlik tajribasi bilan örtoqlaşib, bilimlarni amaliyotda qöllaş, moliyaviy resurslarni samarali boşqariş, vaqtni töğri taqsimlaş hamda biznes ğoyalarini hayotga tatbiq etiş yuzasidan tavsiyalar berdi. Şuningdek, aniq maqsadlarni belgilaş, strategik fikrlaş va şaxsiy mas’uliyatni rivojlantirişning muvaffaqiyatga erişişdagi ahamiyatiga alohida töxtaldi.


Batafsil saytda

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Telegram post media 🔴 Biznesda xodimlar bilan ishlashda ko‘pchilik e’tibor bermaydigan 12 ta omil

📌 Biznesda eng asosiy va muhim jarayon bu albatta xodimlar bilan toʻgʻri ishlay bilishda. Nasib qilsa sizlar bilan bu boʻyicha asosiy 12 ta omilni koʻrib chiqamiz ✔️

(1- qism)

1-OMIL: E'TIROF
Ko‘pchilik rahbarlar xodimni faqat maosh ushlab turadi deb o‘ylaydi.
Aslida esa inson o‘z mehnati qadrlanishini ham xohlaydi.

Oddiy bir "Rahmat", "Zo‘r ishladingiz" yoki "Sizning hissangiz katta bo‘ldi" degan gap xodimning motivatsiyasini sezilarli oshiradi.

Qadrlanmagan xodim vaqt o‘tishi bilan tashabbus ko‘rsatishni to‘xtatadi.

Pul xodimni ishga olib keladi, e'tirof esa uni jamoada ushlab qoladi.
2-OMIL: ADOLAT HISSI
Ko‘p xodimlar maosh kamligi sabab emas, adolatsizlik sabab ishini tark etadi.

Agar qoidalar hammaga bir xil ishlamasa, jamoada norozilik paydo bo‘ladi.

Rahbarning eng muhim vazifalaridan biri — adolatli muhit yaratish.

Adolat bo‘lmagan joyda ishonch bo‘lmaydi. Ishonch bo‘lmagan joyda esa kuchli jamoa qurib bo‘lmaydi.

3-OMIL: ANIQ VAZIFALAR
"Natijani oshiring" deyish yetarli emas.

Xodim nima qilishini, qachon qilishini va qanday natija kutilayotganini aniq bilishi kerak.Ko‘pincha natijaning pastligi xodim sabab emas, topshiriqning noaniq qo‘yilgani sabab bo‘ladi.

Noaniqlik xatolarni ko‘paytiradi, aniqlik esa natijani oshiradi.


⚠️ Xulosa: Kuchli jamoa qurish maosh bilan boshlanmaydi. Avvalo xodim o‘zini qadrlangan his qilishi, adolatni ko‘rishi va vazifalarini aniq tushunishi kerak!

@husan_mamasaidov_rasmiy1
Telegram post media 5 qadamlik tavsiya: kuchli jamoa qurish

🚀 Kuchli jamoa muvaffaqiyatning asosiy omillaridan biridir.

Professional va maqsadga yo‘naltirilgan insonlarni birlashtirish samaradorlikni oshiradi 🔥

Kreativ yechimlarni tez topishga yordam beradi va umumiy natijalarni kuchaytiradi.


⬅️ Yuqoridagi tavsiyalarni o'qing va foydali bo'lsa yaqinlarga ham ulashib qo'ying.

@husan_mamasaidov_rasmiy1
Telegram Channel Link information
Category General
Country 🌐 International
Language English
Type Telegram Channel Link
Subscribers 130
Rate this group

How would you rate this community?

0.0 ★ Join Group →