Telegram
Telegram Channel Link
Linguabarno Telegram Channel Link
👁
2
views
↗
0
joins
About this telegram channel link
10 yillik tajribaga ega IELTS instructor Barno Askarovaning rasmiy kanali Online darslar: @linguabarno_support Reklama: @sardor_ads Kanal linki: https://t.me/+F8AfaBuUvoA1YWUy
Telegram Channel
Latest public posts from this Telegram channel.
590
subscribers
25 Oct 2026
latest post
Farzandingiz hammadan o'tib ketishini xohlasangiz, bu videoni ko'ring
https://youtu.be/xIzxWZuGHAw
Podcast chiqdi❤️
https://youtu.be/xIzxWZuGHAw
Podcast chiqdi❤️
🔥 RO‘YXATDAN O‘TISH BOSHLANDI!🔗 https://forms.gle/EdFLShT7QMbrno6S8
Joylar soni cheklangan! Ro‘yxat to‘lishi bilan havolani o‘chirib tashlayman! ⏳
Do‘stlaringiz bilan birga kelmoqchi bo‘lsangiz, ularga ham hoziroq yuborib qo‘ying! 😍❤️
Faqat tadbirga aniq kela oladiganlar ro‘yxatdan o‘tsin, iltimos! 🫶
Toshkentda British Council bilan hamkorlikda katta OFFLINE tadbir o’tkazaman! 😍🔥🏆 Mavzu: How to Get Band 9 in IELTS Speaking
IELTS Speaking’dan 9.0 olish sirlari, shaxsiy tajribam va eng foydali strategiyalarim bilan bo’lishaman!
📅 31-oktabr
⏰ 12:00
📍 Toshkent shahri
Eng zo’r tomoni — tadbirda qatnashish mutlaqo BEPUL! ❤️
🎁 Bundan tashqari, ishtirokchilar orasida 2 ta BEPUL IELTS imtihoniga yo’llanma o’ynaladi!
Faqat bir narsani aytib o’tmoqchiman: joylar soni cheklangan! Shuning uchun faqat rostdan ham kela oladiganlar ro’yxatdan o’tishini so’rayman. 🥹
Agar 100 ta 🔥 yig’ilsa, ro’yxatdan o’tish uchun linkni tashlayman!
Qani, kimlar keladi? 🔥❤️
Kecha Threads’da shu postni ko‘rib qoldim. 😍Xitoyda katta reklama ekranlariga mashhur qo‘shiqchi va aktyorlar o‘rniga olimlarning suratlarini joylashtirishayotgan ekan. Yoshlar ularga ham havas qilib ulg‘ayishi uchun.
Tasavvur qiling, ko‘chalarda olimlarimiz, ixtirochilarimiz, xalqaro olimpiadalarda yutuqlarga erishgan yoshlarimizning suratlari tursa…
Chunki bolalar kimni ko‘rib ulg‘ayishi, kimga havas qilishi ham juda muhim, nazarimda.
We become what we admire. ❤️
Siz nima deysiz?
🎁 INGLIZ TILINI BELLASHIB OʻRGANING VA IPHONE 18 PRO YUTING! Endi sovgʻalar yanada koʻp!
🇬🇧 19-oktyabr kuni Ibrat Academy ilovasida Ingliz tili Ligasi start oladi!
Liga davomiyligi 10 kun.
3-mavsum Ligasida ishtirokchilarimiz uchun sovrinlar roʻyxatini yanada kengaytirdik! 😍
🏆 ENG KATTA SOVRINLAR:
🥇 1-o‘rin — iPhone 18 Pro
🥈 2-o‘rin — MacBook Neo
🥉 3-o‘rin — 5 000 000 so‘m
Lekin bu hali hammasi emas!
🪄
Sovrinlar faqat TOP-3 uchun emas! 200-o‘ringacha pul mukofotlari, 1500-o‘ringacha esa sovg‘alar tayyorlangan!✨
Sovgʻalar roʻyxati bilan batafsil tanishish uchun HAVOLA’ga bosing 🔗
⭐️ Bu qoʻllanma esa sizga roʻyxatdan oʻtishga yordam beradi.
📥 Hoziroq Ibrat Academy ilovasini yuklab oling va Ligaga tayyorlaning!
@ibratfarzandlari
🎓 Linguabarno School Graduation Day! ❤️
Yaqinda o‘quvchilarimiz bilan Graduation tadbirimizni o‘tkazdik. O‘quvchilarimizga sertifikatlarini topshirdik, birga suhbatlashdik, kuldik, mazza qilib vaqt o‘tkazdik. 🥹
O‘quvchilarim bilan yuzma-yuz ko‘rishish men uchun doim juda iliq va yoqimli lahza. Ayniqsa, ularning natijalarini eshitish, darslarimiz haqidagi fikrlarini bilish menga boshqacha motivatsiya beradi.
Shunday paytlarda qilayotgan ishimni yanada qattiqroq yaxshi ko‘rib ketaman. ❤️
Kelgan barchaga katta rahmat! Sizlar bilan faxrlanaman. Hali oldinda bundan ham katta yutuqlar bor! 🫶🏻
Yaqinda o‘quvchilarimiz bilan Graduation tadbirimizni o‘tkazdik. O‘quvchilarimizga sertifikatlarini topshirdik, birga suhbatlashdik, kuldik, mazza qilib vaqt o‘tkazdik. 🥹
O‘quvchilarim bilan yuzma-yuz ko‘rishish men uchun doim juda iliq va yoqimli lahza. Ayniqsa, ularning natijalarini eshitish, darslarimiz haqidagi fikrlarini bilish menga boshqacha motivatsiya beradi.
Shunday paytlarda qilayotgan ishimni yanada qattiqroq yaxshi ko‘rib ketaman. ❤️
Kelgan barchaga katta rahmat! Sizlar bilan faxrlanaman. Hali oldinda bundan ham katta yutuqlar bor! 🫶🏻
📚 IELTS VOCABULARY | ENVIRONMENT & FAST FASHIONBugun fast fashion (tezkor moda) va uning atrof-muhitga ta’siri haqidagi maqoladan IELTS Writing va Speaking uchun foydali bo‘lgan 20 ta iborani o‘rganamiz! 🌍
🔹 ENVIRONMENT & SUSTAINABILITY
Severely harm the environment — atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazmoq
Greenhouse gas emissions — issiqxona gazlari chiqindilari
Vast water resources — ulkan suv resurslari
Minimize environmental impact — atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirmoq
A circular economy — resurslardan qayta foydalanish va chiqindilarni kamaytirishga asoslangan iqtisodiyot
Shed microfibers — mikrotolalarni ajratib chiqarmoq
End up in landfills — oxir-oqibat chiqindi poligonlariga tushib qolmoq
🔹 ADVANCED EXPRESSIONS (C1)
Embrace a new approach — yangi yondashuvni qabul qilmoq
Make a dent in something — biror muammoni sezilarli darajada kamaytirishga hissa qo‘shmoq
Scrutinize the entire supply chain — butun ta’minot zanjirini sinchiklab tekshirmoq
A fundamental shift — tub o‘zgarish
Hold companies accountable — kompaniyalardan javobgarlik talab qilmoq
Provide a huge impetus — kuchli turtki bermoq
Drive systemic change — tizimli o‘zgarishlarga turtki bermoq
Exert a great deal of power — katta ta’sir kuchiga ega bo‘lmoq
🔹 CONSUMPTION & SOCIAL RESPONSIBILITY
Overconsume resources — resurslarni me’yoridan ortiq iste’mol qilmoq
Be more discerning — tanlovda yanada sinchkov bo‘lmoq
Precarious working conditions — beqaror va xavfli mehnat sharoitlari
Earn a living wage — asosiy yashash ehtiyojlarini qoplaydigan darajada ish haqi olmoq
Make informed choices — yetarli ma’lumotga asoslangan holda ongli tanlov qilmoq
✍🏻 IELTS WRITING TASK 2 EXAMPLES
📌 Governments should hold large corporations accountable for their environmental impact.
— Hukumatlar yirik korporatsiyalardan ularning atrof-muhitga ta’siri uchun javobgarlik talab qilishi kerak.
📌 A fundamental shift in consumer behaviour is necessary to tackle environmental degradation.
— Atrof-muhitning yomonlashuviga qarshi kurashish uchun iste’molchilar xulq-atvorida tub o‘zgarish zarur.
📌 Encouraging sustainable consumption could make a significant dent in global textile waste.
— Barqaror iste’molni rag‘batlantirish dunyo bo‘ylab to‘qimachilik chiqindilarini sezilarli darajada kamaytirishga yordam berishi mumkin.
💡 ESLAB QOLING!
IELTS’da yuqori ball olish uchun murakkab so‘zlarni yodlashning o‘zi yetarli emas. Ularni collocation shaklida o‘rganish va kontekstda to‘g‘ri ishlatish muhim!
💬 Mini Challenge:
Quyidagi gapni ingliz tiliga tarjima qiling:
«Kompaniyalar atrof-muhitga yetkazayotgan zarari uchun javobgar bo‘lishi kerak.»
Javoblaringizni izohlarda kutaman! 👇🏻
📌 Saqlab qo‘ying va IELTS’ga tayyorlanayotgan do‘stlaringizga ulashing!
#IELTSVocabulary #IELTSWriting #Linguabarno
🇬🇧 Ingliz tilida eng ko‘p ishlatiladigan 2000 ta so‘z!Ingliz tilini o‘rganayotgan bo‘lsangiz, aynan qaysi so‘zlarni birinchi navbatda yodlash kerakligini bilish juda muhim.
Sizlar uchun ingliz tilida eng ko‘p qo‘llaniladigan 2000 ta so‘z ro‘yxatini yubotrdim! 📚
📌 Ro‘yxatni saqlab qo‘ying va ingliz tilini o‘rganayotgan do‘stlaringizga ham ulashing!
👇 2000 ta eng ko‘p ishlatiladigan inglizcha so‘z
O‘zimning she’rlarimni ham saqlab qo‘yish maqsadida kitob shaklida chiqarib oldim 🥹🫶🏻15–16 yoshlarimda she’r yozishga juda qiziqardim. O‘sha paytlardagi his-tuyg‘ularim, orzularim, kechinmalarimni qog‘ozga tushirishni yaxshi ko‘rardim.
Yillar o‘tib, o‘sha she’rlarni qayta o‘qish boshqacha tuyg‘u ekan. Har bir satrida o‘sha yoshdagi Barno, uning dunyoqarashi va orzulari yashiringandek… 🥹
Bu kitobni sotish yoki ommaga taqdim etish uchun emas, shunchaki o‘zim uchun, yoshligimdan bir esdalik sifatida chiqarishni istadim. 🤍
Telegram Channel Link information
Category
General
Country
🌐 International
Language
English
Type
Telegram Channel Link
Subscribers
590

