Telegram
Telegram Channel Link
G'ayratilla's blog || πππ Telegram Channel Link
π
2
views
β
0
joins
About this telegram channel link
2005.11.10 Gayratilla Rakhmatullaev Andijan π²π¨πΈπ¬πΉπ·π·πΊπ°πΏπΈπ½π°π¬π«π·π©πͺπ³π±
Telegram Channel
Latest public posts from this Telegram channel.
61
subscribers
29 Oct 2026
latest post
Gullar sado berib, koβz yoshin toβkar,Bulbul charx aylabon, xirgoya boshlar.
Hali nazokat bor, Xudoga shukur,
Samolar qoβlida tutgancha malham,
Zamin oβz ohangin sayr etur begβam.
Yerning burqsib yotgan joyida ham
Hali latofat bor, Xudoga shukur.
Bir goβdak adashib qolsa gar oβynab,
Zotlar bor eltar uyiga avaylab.
Odamlar judayam ketmagan aynib,
Hali omonat bor, Xudoga shukur.
Sezaman, har banda qolganda tanho,
Samoga koβklanar unsiz iltijo.
Ogβriq ham koβngilda yigβlaydi goho,
Hali diyonat bor, Xudoga shukur.
Hali tugamagan ilohiy koβrik,
Hali moβjizalar qalb bilan sherik.
Suvni tez oqizgan valiylar tirik,
Hali karomat bor, Xudoga shukur.
Hamon oramizda yurar xor iblis,
Sherik tutmoq uchun ming tayyor iblis.
Shukur, tosh otmoqqa imkon bor iblis,
Hali arofat bor, Xudoga shukur.
Dillar bor intilar dillikka oβxshashga,
Koβkdagi yor uchun jonin toβshashga.
Mashβar zoti hali haqli yashashga,
Hali sadoqat bor, Xudoga shukur.
Ixlos jajji dilda boβlsa salomat,
Hech kimdan aylamas inson malomat.
Qopmoqqa shoshilma buncha Qiyomat,
Hali muhabbat bor, Xudoga shukur.
#XayrullaXamidov
Baβzan yurak seni allaqachon unutgan deb oβylagan insoning tomon yana tortadi.Oradan qancha vaqt oβtgan boβlmasin, bir qarash, bir ism yoki tasodifiy bir xotira kifoya β ichingda allaqachon soβngan deb oβylagan tuygβular yana uygβonadi.
Shunda oβzingdan soβraysan:
Bu yana sevgimi?..
Yoki yurak shunchaki eski kunlarni sogβinyaptimi?
Axir inson baβzan odamni emas,
u bilan birga his qilgan oβzini sogβinar ekan.
Balki biz qaytishni emas,
oβsha paytdagi begβubor sevgimizni qaytarishni xohlayotgandirmiz.
Balki yurak hali ham oβsha insonni tanir,
aql esa uning endi avvalgidek emasligini biladi.
Eng ogβiri β
hislar qaytadi,
lekin odamlar oβzgargan boβladi.
Shunda bilolmaysan:
yana bir bor sevib qolyapsanmi,
yoki shunchaki yuraging
Chin sevgining eshigini taqillatib koβryaptimi?.. β€οΈβπ₯
Telegram Channel Link information
Category
Adult & 18+
Tags
Country
π International
Language
English
Type
Telegram Channel Link
Subscribers
61


