Telegram
Telegram Channel Link
🩺Педиатрия Telegram Channel Link
👁
1
views
↗
0
joins
About this telegram channel link
Shifokoringiz koʻrsatmalari orqali kanaldagi malumotlardan foydalaning!🩺💉🌡️ Bizning kanalga ketgan vaqtingizga rozi boʻling!!!
Telegram Channel
Latest public posts from this Telegram channel.
5
subscribers
29 Mar 2025
latest post
Яхшилар, Рамазон ҳайитингиз муборак бўлсин!Аллоҳ таоло сизу биздан солиҳ амалларимизни қабул қилсин!Ҳаммамизни ушбу ойда гуноҳлардан покланиб, абадий саодатни қозонган бандалари қаторида қилсин!
EKG 🫀
Bugun EKG qildim🫶
It's very valuable words🐝
Zaxm kasalligi(sifilis)
🗣🧠Эпилепсия хуружи вақтида биринчи ёрдам кўрсатиш жуда муҳимдир. Бу ҳолда, инсон ҳаётини асраш ва хуруж асоратларини камайтириш учун тўғри ҳаракат қилиш керак. Қуйида энг муҳим тавсиялар берилган:1. Хуруж бошланганда тинчланинг • Паникага тушманг. Бу вазиятни тўғри бошқаришингизга ёрдам беради.2. Инсонни хавфсиз жойга қўйинг • Беморни юмшоқ ва хавфсиз жойга қўйинг. Агар улар ерда бўлса, четга тортиб, қаттиқ ёки ўткир нарсалардан узоқлаштиринг.🧠3. Ҳаракатини чеклашга уринманг • Хуруж вақтида инсонни тутиш ёки ҳаракатларини тўхтатишга ҳаракат қилманг, чунки бу уларга зарар етказиши мумкин.4. Бошини ҳимоя қилинг • Боши ерга урилмаслиги учун бошига юмшоқ нарса (масалан, кийим) қўйинг.5. Бир томонга буринг • Инсонни ёнбоши билан ётқизинг, бу нафас йўли очиқ бўлиши ва қусганда ёки шиллиқ тўпланганда нафас олишига ёрдам беради.🧠6. Оғзини очишга ёки бирон нарса солишга ҳаракат қилманг • Оғзини мажбурий очиш ёки нарса солиш уларнинг тишларини шикастлаши мумкин.7. Вақтни кузатинг • Хуруж қанча давом этишини кузатинг. Агар хуруж 5 минутдан ошса ёки кетма-кет такрорланса, шошилинч тез ёрдам чақиринг.8. Хуруж тугагач, тинчлантиринг🧠 • Хуруждан кейин инсон чарчаган ёки ноаниқ бўлиши мумкин. Уларга ёрдам беринг ва уқувларига қайта келишини кутинг.🧠Қачон тез ёрдам чақириш керак? • Хуруж 5 минутдан ортиқ давом этса. • Хуруж кетма-кет такрорланса. • Бемор олдин бундай хуружларни бошдан кечирмаган бўлса.🧠 • Хуруж вақтида жиддий жароҳат етказилган бўлса. • Бемор нафас ололмаётган бўлса.Бу қоидаларга амал қилиш инсоннинг ҳолатини яхшилаш ва оғир асоратларнинг олдини олишга ёрдам беради.🧠"My teacher"
❤️
👶Chaqaloqning qorinda yotishi nima uchun muhim 👶👨🏼⚕Ko‘proq narsalarni ko‘rib o‘rganishi va rivojlanishi uchun bolalarni qoringa yotqizish zarur. Ingliz adabiyotida bu haqda alohida maxsus sahifa-tummy time ham bor. Bizning mamlakatimizda bolani qoringa yotqizishning foydasi haqida kam gapiriladi. Keling bu haqda gaplashamiz!Axir bu ota-onalarga kerak va go‘daklar uchun yoqimli hamda foydalidir. 🤔Qoringa yotqizishning foydasi?Bu bolaning harakatlanishiga va tananing yuqori qismidagi mushaklarining (orqa, bo‘yin,yelka)rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Tez orada bola boshini nazorat qilishi, dumalashi va emaklashiga turtki bo'ladi. Shu bilan birga bolada yirik motorika ko‘nikmalari rivojlanishiga, bola o‘ynashi va yangiliklarni o‘rganishi uchun imkoniyat beradi. Qorin ustiga yotqizish:✅Ona va bola o‘rtasidagi bog'liqlikni kuchaytiradi. Bolani ko‘kragingiz, qorningiz ustiga yotqizing, bu uni quchoqlab yuzma-yuz bo‘lishingiz va teri orqali sezishingiz uchun yaxshi imkoniyatdir.✅Bola harakatlarini muvofiqlashtirib, ko‘zlar bilan kuzatishni o'rgatadi. ✅Bola boshidagi bosimni kamaytiradi. Bola ko‘p vaqt tepaga qarab yotsa boshining ensa qismi yassi shaklga kelishi mumkin. ✅Tekshiruvlar natijasi shuni ko'rsatadiki, Daun sindromi bor bolalarni ko‘proq qoringa yotqizishganligi sababli ularning harakat ko‘nikmalari tezroq rivojlanganligi aniqlangan. ✅Qorinda yotish tufayli ichaklarning fiziologik holati o‘zgaradi va tutqich bo‘shaydi, natijada-bola kolikalari (qorin dam bo‘lishi)engil o'tadi. 🤔Qachon bolani qoringa yotqizish mumkin?Chaqaloq tug‘ilishi bilan yotqizish mumkin, qancha erta yotqizilsa,bola shuncha tez bu holatga ko‘nikadi. ☝️Muhim!Kindigi tushishini kutmang. Shunchaki bolani yumshoq yopinchiq yoki sochiq ustiga yotqizsangiz kifoya. Bolani qoringa har kuni bir necha daqiqadan 2-3marta vaqtini ko‘paytirgan holda yotqizish mumkin. Faqat bola nazoratingiz ostida bo‘lishi lozim. Agar bolaga bu holati yoqmasa yoki bola charchab qolsa darhol to'xtating. Har safar ovqatlantirishdan oldin qoringa yotqizishingiz shart emas, chunki och bolaga bu yoqmasligi mumkin. Bola kayfiyati yaxshiligidan foydalaning. Bolaning umuman olganda qorinda yotish vaqti 40-60daqiqa bo‘lishi kerak, bu vaqtni kun davomida bir necha marotabaga bo‘lsangiz bo‘ladi. ☝️Muhim!Bola qorinda yotganda har doim nazoratingiz ostida bo‘lsin!Qorinda uhlaganida uni bu holatda qisqa vaqtga bo‘lsa ham yolg‘iz qoldirmang. Qorindagi uyqu chaqaloqning to'satdan paydo bo‘ladigan o‘lim holati havfini oshiradi. Bunday holatlar kam uchrasa ham bo‘lib turadi. Bola orqasida yoki yonbosh uhlashi kerak. 🤔Agar bolada refluks va qayt qilishga moyilligi bo‘lsa qoringa yotqizish mumkinmi?Refluksi bor g‘o‘daklarga qorinda yotish noqulay bo‘ladi. Bunday vaziyatda nima qilishni bolalar shifokori maslahat beradi,savollaringizga javob topasiz. Bunday bolalarga qorinda yotishdan voz kechish noto‘g‘ri bo‘ladi, bu uning rivojlanishi uchun muhim. Shuning uchun shifokor bilan maslahatlashib to‘qri yo‘l yo‘riq olgan holda bolani qoringa yotqizishingiz mumkin bo‘ladi. Hammaga sog‘liq tilayman!Shu bilan birga o'tkazgan vaqtimizga qiziqish va hushkayfiyat 💜👨🏼⚕
💊 Siz shifokor retseptisiz "bolani immunitetni mustahkamlash uchun" vitaminlar sotib olganmisiz❓⠀❗️ D Vitaminidan tashqari boshqa har qanday vitaminni qabul qilishdan avval analiz topshirish va organizmda uning tanqisligi bo'lsa, shundan so'ggina ichilishi kerak.⠀🛡 Vitaminlar immunitetni mustahkamlashi haqidagi nazariya hali isbotlanmagan.⠀Vitaminlar va minerallarni haddan ziyod ko'p iste'mol qilish organizm uchun xavfli bo'lishi mumkin.⠀🥙Hayotiy zarur vitamin va mikroelementlarning kundalik normasini olish uchun bola to'g'ri ovqatlantirilishi tavsiya qilinadi.Bola ratsionida quyidagilar bo'lishi lozim:🍇🫑 rangli meva va sabzavotlar;🥩🥚Tarkibida oqsil bo'lgan mahsulotlar (go'sht, tovuq, baliq, tuxum);🥛🧀 sut mahsulotlari;🌾🌽yorma don mahsulotalari.⠀D vitaminining eng muhim manbai quyoshdir. Biroq, biz quyoshning issiq nurlaridan terimizni krem, soyabon va kiyim bilan himoya qilamiz. Shuning uchun bu vitamin nafaqat o'tkir tanqisligi bo'lgan bolalarga, balki raxitga qarshi profilaktika choralarida ham buyuriladi.⠀Vitaminlarni qachon qabul qilish kerak?⠀✅ O'tkir tanqislik holatida;✅ O'sish va jismoniy rivojlanishda kechikish bo'lganda;✅ Bola tanlab ovqatlansa (masalan, bola sabzavot va mevalarni iste'mol qilmasa);✅ Muayyan mahsulotlarga allergiyasi bo'lsa;✅ Qattiq parhez tutilganda;✅ Bola vegetarian yoki vegan bo'lsa.Instagram | Facebook
🌐Рахит касаллигининг олдини олиш!!!♻️Болалардаги қийшиқ оёқлар икки ёшидан бошлаб билинади. Думалоқ шаклдаги оёқларнинг келиб чиқиш сабаблари онанинг ҳомиладорлиги даврида кальций етишмаслигидир.♻️Айниқса қиш фаслида туғилган болаларда қуёш нурида мавжуд бўладиган Д витамини танқислиги учрайди. Гўдакда рахит белгиларини кузатсангиз дарҳол педиатрга кўрсатинг. ❗️Бола кўп инжиқланса, терласа бу рахитнинг дастлабки белгиларидир. Агар эътиборсиз бўлсангиз, иккинчи босқич бошланади, суяклар юмшаб, бўйин ва оёқларида қийшиқлик кузатилади.🔆Шунинг учун боланинг киндиги тушиши билан тоза ҳавога ҳар куни олиб чикиш, тузли ванналардан фойдаланиш ва Д витаминини икки ёшгача ҳар куни бир вақтда ичириш керак. Қуёшли кунларда соат тўққизгача болани сайрга олиб чиқиш мақсадга мувофиқдир. Айниқса қуёш кўтарилаётган пайт энг шифобахш палла ҳисобланади.❕Кичкинтойни чиниқтириш мақсадида соғломлаштириш машқлари ва укалаш муолажаларини мунтазам амалга киритиш зарур.
🌐Ҳомиладор аёллар кола ичишлари мумкинми???🔸Ҳа, лекин жуда кўп ичиш керак эмас, чунки бу соғлиқ учун, зарар етказиши мумкин. Аслида, бу фақатгина ҳомиладор аёлларга тегишли эмас! Кола хавфли ичимлик эмас. Шунга қарамай, уни суиистеъмол қилмасликнинг учта сабаби бор:🔸Биринчидан, у жуда кўп шакарни ўз ичига олади. Ҳомиладор аёллар учун ҳомиладорлик вақтида қандли диабет ривожланиши хавфи туфайли ширинликларни ҳаддан ташқари кўп истеъмол қилиш зарарли ҳиссобланади.🔸Иккинчидан, ҳомиладорлик вақтида танадаги шиш газланган ичимликлар билан кучайиши мумкин.🔸Учинчидан, ҳомиладор аёлларга кола таркибидаги кофеинни истеъмол қилиш тавсия этилмайди.
Telegram Channel Link information
Category
Education & School
Country
🇮🇳 India
Language
Hindi
Type
Telegram Channel Link
Subscribers
5